Davronov Shohjahon Rizamat o‘g‘li 1994-yil 8-iyulda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2017-yilda esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — informatika va axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi (kompyuter tizimlarini loyihalash). Shohjahon Davronov mehnat faoliyatini 2017-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining “Dasturiy injiniring” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. Shundan so‘ng Qarshi davlat universitetida tayanch doktorant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida ta’lim kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi, “Dasturiy injiniring” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri hamda “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2025–2026-yillarda Qarshi davlat universitetining Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri sifatida ishlagan. 2026-yil 16-iyuldan Qarshi davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Qarshi davlat universiteti rektorining 2021-yil 1-noyabrdagi 508-X-sonli buyrug‘iga asosan Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti tarkibida Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi negizida “Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi. 2025-yil 3-apreldan kafedraga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Davronov Shohjaxon Rizamat o‘g‘li mudirlik qilmoqda. Kafedra 60610500-Sun’iy intellekt (kunduzgi), 60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari (kunduzgi), 60610500-Sun’iy intellekt (masofaviy), 60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalar (masofaviy), 5110100-“Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va 70610204 - Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha) magistr kadrlarini tayyorlaydi. Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar, 1 nafar kafedra mudiri va 1 nafar laborant faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada, 6 nafar PhD, dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar assistent, 2 nafar o‘qituvchi-stajyor faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari, ta’limda axborot texnologiyalari, raqamli axborot texnologiyalari, axborot texnologiyalarini sohalarda qo‘llanilishi fanlari o‘qitiladi.
Hozirgi kunda kafedra qoshida “Matematika va informatikaning dolzarb muammolari” ilmiy-uslubiy seminari faoliyat yuritmoqda. Unda ilmiy ma’ruzalar, maqolalar va dissertatsiya ishlari muhokama etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilaridan T.Jo‘rayev fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ustida, B.Daminova, F.Shodiyev, I.Razzoqov, falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
2024-2025 yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro bazalarda indekslangan Scopus bazasida 8 ta, hamda OAK e’tirofidagi jurnallarda 15 ta ilmiy maqolalar chop ettirilgan.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2024-2025 yillar davomida yaratilgan dasturlar uchun 10 ta mualliflik guvohnomalari rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Kafedraning ilmiy hamkorligi amalga oshirilgan muassasalar: Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Muhandislik va raqamli texnologiyalar instituti, Kazan federal universiteti, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Nizomiy, kafedra O‘zMU, TATU, SamDU, BuxGU kabi oliy o‘quv yurtlari bilan ham aloqada.