Qarshi davlat universiteti
180119, Qarshi shahri
Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy
kasu_info@edu.uz
Fakultet 1956-yilda tashkil etilgan bo‘lib, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng nufuzli tarixiy faoliyatga ega. Fakultetda ta’lim olgan malakali kadrlar respublika, viloyat oliygohlarida hamda ta’lim tizimi sohalari, xalq xo‘jaligi hamda chet mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Fakultetni turli yillarda dotsent A.Kahhorov (bo‘lim boshlig‘i), katta o‘qituvchi S.Shodiyev, Ch.Qo‘ziyev, Sh.Bozorov, T.Sodiqov, N.Sharipov, J.Toshev, B.Xayriddinov, A.Tashatov, A.Xolmurodov, B.Qo‘yliyevlar dekan sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda fakultetga texnika fanlari nomzodi, dotsent N.Eshqorayeva rahbarlik qilmoqda. Ayni paytda fakultetda Matematik analiz va differensial tenglamalar, Algebra va geometriya, Amaliy matematika, Algortmlar va dasturlash texnologiyasi kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-sentyabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining tarkibiy tuzilmasiga asosan tashkil qilingan.