Amaliy matematika

Djabbarov Oybek Raxmanovich

Djabbarov Oybek Raxmanovich

Kafedra mudiri

BATAFSIL

Kafedra tarixi

"Universitet tashkil etilgandan buyon “Informatika va HT”, “Informatika”, “Informatika va matematik modellashtirish”, “Tatbiqiy dasturlash va informatika”, “Amaliy matematika va informatika” nomlari ostida faoliyat olib borgan kafedra negizida Qarshi davlat universiteti rektorining universitet tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 2018-yil 1-noyabrdagi №508-X buyrug‘iga asosan “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi ikkita kafedra — “Informatika o‘qitish metodikasi” va “Amaliy matematika” kafedralariga ajraldi. Asosiy vazifalari Amaliy matematika kafedrasida 60540200–Amaliy matematika, 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha), 60610400-Dasturiy injiniring, 60530600-Mexanika va matematik modellashtirish yo‘nalishlarida bakalavr, 70540201-Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistr tayyorlanadi. Kafedrada 2019-2020 o‘quv yilidan buyon 05.01.07-«Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmui» ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 7 nafar doktorant tahsil olmoqda. Kafedrada mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar, o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida informatika va matematika fanlaridan ta’lim berish, shuningdek korxona va tashkilotlarda kompyuter xizmatlari ko‘rsatishda, kompyuter dasturlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqarishda ishtirok etadi va OTM lar hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat olib boradi. O‘qitiladigan fanlar Informatikaning nazariy asoslari Hisob Dasturlash Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari Mutaxassislikka kirish Dasturlash asoslari Algoritmik tillar va dasturlash Algorimtlar va berilganlar strukturasi Sun’iy intellekt va neyronto‘rli tenglamalar Jarayonlar tadqiqoti va optimal boshqaruv Sonli usullar Dasturlash texnologiyalari Python dasturlash tili Matematik modellashtirish Optik aloqa tizimlar Axborot xavfsizligi asoslari Kompyuter tarmoqlari Berilganlar bazasi Axborot tizimlari Mobil ilovalar yaratish Web dasturlash Dasturiy injinering Variatsion hisob va optimallash usullari Hisoblash usullari Iqtisodiy matematik masalalar Algoritmik tillar va dasturlashning qo‘shimcha boblari Splayn funksiyalar metodi Tarmoq texnologiyalari Kompyuter grafikasi Magistratura Kafedraga tegishli 70540201-Amaliy matematika yo‘nalishida 17 nafar magistratura talabalari Amaliy matematikar yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishmoqda. Magistraturada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi Tabiatshunoslik masalalarida modellashtirish Amaliy matematiklar uchun ko‘nikmalar Ayirmaliy sxemalar nazariyasi Matematik modellashtirishda kompyuter texnologiyalari Ilmiy hisob Integral tenglamalarni taqribiy yechishsh usullari Bilimlarga asoslangan tizimlar Splayn funksiyalar metodi va ularni tadbiqlari Geperbolik sistemalar uchun sonli usullar Matematika fizika masalalarini yechish usullari"
"2022-2023 yillar davomida kafedra a’zolari tomonidan 1 ta monografiya, 8ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma Scopus, Web of Science bazalarida 10 ta maqola chop etilgan. xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indeksatsiyalangan jurnallarda 20 dan ortiq va xorijiy jurnallarda 25 ga yaqin, OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq, Respublika miqyosida 20 dan ziyod tezis va maqolalar chop ettirildi, Kafedra professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan 20 dan ortiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqildi va Intellektual mulk agentligi tomonidan EHM dasturlari uchun guvohnomalar qo‘lga kiritildi. Tadqiqotchilar Kafedrada 2019-2020 o‘quv yilidan buyon 05.01.07-«Matematik modellashtirish, sonli usullar va dasturlar majmui» ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 7 nafar doktorant tahsil olmoqda."
"• Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti; • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet; • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali; • Samarqand davlat universiteti; • Termiz davlat universiteti; • Janubiy dehqonchilik ilmiy tatqiqot instituti; • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; • Urozboyev nomidagi Inshoatlar seysmik mustahkamligi va mexanika ilmiy tatqiqot instituti; • Toshkent davlar texnika universisteti; • Qarshi davlat universiteti qoshijagi 2-sonli Akademik litsey; • Viloyatimizning bir qator tumanlaridagi umumta’lim maktablari; • Rossiya FA Sibir bo‘limi hisoblash matematikasi va matematik geofizika ITI; • Belarus davlat universiteti (Belarus Respublikasi); • Qozon Federal universiteti; • Yanka Kupala nomidagi Grodno DU (Belarus Respublikasi); • Moskva davlat universiteti qoshidagi mexanika ilmiy tatqiqot instituti; Kafedra o‘qituvchilari"

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP